Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Isroilga bosim o‘tkazmoqda. HAMAS amerikalik ona va qizni garovdan ozod qildi

AQSh Isroilga bosim o‘tkazmoqda. HAMAS amerikalik ona va qizni garovdan ozod qildi

AQSh va Isroilning garovga olingan 50 kishini ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan olib borilgan dastlabki muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragan, deb yozadi The Wall Street Journal bir qancha rasmiylarga tayanib.

Kelishuv shartlari orasida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga suv yetkazib berishni qayta tiklash va gumanitar yordamni ko‘paytirish muhokama qilingan.

Suhbatdoshlarga ko‘ra, Isroil bilan urushning birinchi haftasida HAMAS bilan muzokaralar qiyin kechgan.

Kuni kecha, Falastin guruhi Misr, Qatar va boshqa «do‘st davlatlar» vositachiligida garovga olinganlarni ozod qilish uchun ishlayotganini ma’lum qildi. Xususan, amerikalik ayollar Judit va Natali Raanan juma kuni ozodlikka chiqarildi. Ular Qatar vositachiligida qutqarildi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat «g‘alaba qozonmaguncha kurashib» HAMAS tomonidan garovga olinganlarni qutqarish harakatlarini davom ettirishini aytdi. Hammasi bo‘lib HAMAS 200 dan ortiq odamni, jumladan, bolalarni garovga olgan.

Avvalroq AQSh va Yevropa Ittifoqi Isroilga G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyani kechiktirish uchun bosim o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari Qatar vositachiligida olib borilayotgan asirga olingan fuqarolarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan yashirin muzokaralar uchun vaqt yutmoqchi.

Isroil dastlab operatsiyani keyinga qoldirishdan bosh tortgan, ammo oxir-oqibat AQSh bosimi ostida hozircha to‘xtatib turishga rozi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring