Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston «rekord darajadagi bug‘doy eksporti»ni bekor qildi — oqibati nima bo‘ladi?

Hindiston «rekord darajadagi bug‘doy eksporti»ni bekor qildi — oqibati nima bo‘ladi?

Foto: «Dessan Herald»

Hindiston bu yil rekord darajada — 10 mln tonna bug‘doy eksport qilishni rejalashtirgandi. Biroq...

Boshqarib bo‘lmas eksport oqibatida mamlakat ichki bozorida narxlar oshib ketganidan so‘ng, oziq-ovqat xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘ygan mamlakat hukumati eksport rejalarini bekor qildi. Bu jahonda narxlarning oshishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Hindiston jahon don mahsulotlari eksport bozorida asosiy ta’minotchilar sirasiga kirmaydi, biroq eksportni bekor qilishi kamida Afrika va Osiyo bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilyapti.

Bir tomonda BMTning butunjahon oziq-ovqat dasturi jahonda ocharchilik xavfi yanada kuchaygani haqida bong urmoqda.

Oziq-ovqat xavfsizligi maqsadlari bilan birga, haddan ziyod jazirama ob-havoning ishlab chiqarishga ta’siri va ichki bozorda don taqchilligi yuzaga kelgani ham Hindistonni eksportni bekor qilishga undadi. Amaldorlar ushbu chora muvaqqat ekani, balki reja o‘zgarishi mumkinligiga ham ishora qilishmoqda.

Hindlarning bug‘doy eksportini cheklash qarori «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlarining tanqidiga uchradi. «Agar hamma eksportni cheklab, bozorlar yopilaversa, oziq-ovqat inqiroz chuqurlashaveradi. Biz Hindistonni G20 a’zosi sifatida mas’uliyatliroq bo‘lishga chaqiramiz», — dedi Germaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Jem O‘zdemir.

Mumbaydagi xalqaro savdo firmasi vakillari ham Hindiston hukumati qaroridan shok holatiga tushishdi: «Eksportning ikki-uch oydan so‘ng qisqarishini kutayotgandik, aftidan, inflyasiya ko‘rsatkichlari hukumatning fikrini o‘zgartirgan ko‘rinadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring