Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi

Amerikalik milliarder Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi.

«Yevropa Ittifoqini yo‘q qilish va alohida mamlakatlarga suverenitetini qaytarish kerak, shunda hukumatlar o‘z xalqlarini yaxshiroq ifodalay oladi», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Maskning fikricha, yevrobyurokratiya Yevropani bo‘g‘moqda va oxiri boshiga yetadi.

Avvalroq Yevrokomissiya X ijtimoiy tarmog‘ini ko‘k belgilar bilan «foydalanuvchilarni aldagani» uchun 120 million dollar jarimaga tortgan edi. Ijtimoiy tarmoqning egasi — Ilon Mask.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring