Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imomali Rahmon Putinga qarata o‘tkir chiqish qildi

Imomali Rahmon Putinga qarata o‘tkir chiqish qildi

Kecha, 14-oktyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit davomida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Putinga qattiq e’tiroz bildirdi.

«Bizni hurmat qilishlarini xohlaymiz. Biz tilanchi emasmiz. Biz boy davlatmiz. Bizda Mendeleyev davriy jadvaldagiga qaraganda ko‘proq mineral resurslar zahiralari mavjud. Biz doimo asosiy strategik hamkorimiz – Rossiya manfaatlarini hurmat qilib kelganmiz. Lekin, rossiyalik ishbilarmonlarni faqat neft va gaz qiziqtiradi. Biz hurmatga sazovor bo‘lishni xohlaymiz. Biz nima, qandaydir begonamizmi?»

Tojikiston rahbari so‘zida davom etib, Vladimir Putindan Sobiq Ittifoq rahbarlariga o‘xshab siyosat yuritmasligini so‘radi.

«Bizga ko‘p pul sarflashning hojati yo‘q. Vladimir Vladimirovich, men sizdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sobiq Sovet Ittifoqi kabi siyosat yuritmasligingizni so‘rayman», deydi Imomali Rahmon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring