Isroil armiyasi G‘azodagi xarbiy harakatlarini qayta boshladi
Isroil armiyasi HAMASni sulhni buzganlikda ayblab, G‘azo sektorida jangovar harakatlarini qayta boshladi.
SAXALning iddao qilishicha, 1-dekabr kuni ertalab HAMAS G‘azo sektori bilan chegarada joylashgan Isroil aholi punktlariga raketa uchirgan. Raketa havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilgan. Isroil tomoni qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot bermadi.
«HAMAS otashkesim shartlarini buzdi va Isroil hududiga o‘t ochdi. SAXAL G‘azo sektorida HAMAS tashkilotiga qarshi jangovar operatsiyalarni qayta boshladi», – deyiladi Isroil mudofaa kuchlari bayonotida.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh bitimi 24-noyabr kuni ertalab kuchga kirdi va olti kun davom etdi. Kelishuv doirasida tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlashga va’da berishdi. Bundan tashqari, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarning bir qismini, Isroil esa 100 dan ortiq falastinlik mahbuslarni ozod qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter