Isroil G‘azoda xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni ma’qulladi
Isroil Xavfsizlik kabineti AQSh prezidenti Donald Tramp taklif etgan tinchlik rejasi doirasida G‘azo sektoriga xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlarni joylashtirishni ma’qulladi.
Ma’lum qilinishicha, kontingent Isroil armiyasi nazoratidan tashqari hududlarda faoliyat yuritadi va o‘z harakatlarini Isroil harbiylari bilan muvofiqlashtiradi. Uning tarkibiga Uganda va Marokash kabi «do‘st davlatlar»dan 200 nafarga yaqin harbiy kirishi mumkin.
Shu bilan birga, qaysi davlatlar o‘z harbiy kuchlarini yuborishi mumkinligi bo‘yicha yakuniy qarorni Isroil qabul qiladi.
Mazkur tashabbus Trampning G‘azoni urushdan keyin boshqarish rejasining bir qismi bo‘lib, unda xalqaro «Tinchlik kengashi»ni tuzish, hududni qayta tiklash, XAMASni qurolsizlantirish hamda Isroil qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqish ham nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter