Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil televideniyesi isroillik harbiylar o‘ldirgan asirlar haqidagi haqiqatni namoyish etdi

Isroil televideniyesi isroillik harbiylar o‘ldirgan asirlar haqidagi haqiqatni namoyish etdi

G‘azoda «xatolik bilan» o‘ldirilgan isroillik asirlar o‘limidan oldin harbiylardan behuda yordam so‘rashgan.

Isroilning KAN davlat televideniyesi 2023 yil 15 dekabrda ishg‘ol qilingan va blokadadagi G‘azo sektorida isroillik harbiylar tomonidan «xatolik tufayli» o‘ldirilgan uch isroillik asirning «yordam so‘ragani» audioyozuvini tarqatdi.

Audioyozuvda isroillik asirlar harbiylarga murojaat qilib: «Yordam bering. Biz mahbusmiz, bizni qutqaring. Biz zinapoya ostidamiz», deb yolvorishadi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, audioyozuv uch isroillik mahbus joylashgan hududga jo‘natilgan politsiya itiga biriktirilgan videokamerada olingan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati o‘tgan yilning 15 dekabr kuni «Shujayya hududidagi janglar chog‘ida harbiylar yanglishib, uch isroillikni tahdid deb bilib, ularga qarata o‘t ochgan va ularni o‘ldirgan» deb xabar bergan edi.

Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan hududda tintuv va tekshiruvlar o‘tkazilganda «o‘lganlarning shaxsiga shubha paydo bo‘lgan», shuning uchun jasadlar ekspertiza uchun yuborilgan. Keyinroq ular uchta isroillikka tegishli ekani tasdiqlangan.

Batafsil tekshiruv natijasida 28 yoshli Yotam Xaim va 22 yoshli Samer Talalka o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Uchinchi isroillikning ismi keyinroq ma’lum bo‘ldi. U 26 yoshli Alon Shamriz bo‘lib chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring