Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada pochtasi xatlarni uygacha yetkazishni to‘xtatadi

Kanada pochtasi xatlarni uygacha yetkazishni to‘xtatadi

Foto: Shutterstock

Kanada pochtasi faoliyatidagi o‘zgarishlar tufayli pochtani uygacha yetkazib berish deyarli to‘liq to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat jamoat ishlari va xaridlar vaziri Joel Laytbaund bayonot berdi.

Vazirning aytishicha, pochtani «moliyaviy jihatdan yashovchan» qilishga qaratilgan islohot o‘tkaziladi. Chunki pochta xizmati «ekzistensial inqiroz»ga uchragan va davlatning doimiy moliyaviy ko‘magi yechim bo‘lolmaydi. Mamlakat pochtasi kuniga 10 million Kanada dollari (taxminan 7,2 mln AQSh dollari) miqdorida zarar bilan ishlayapti.

Taklif etilayotgan islohotlar natijasida pochtani yetkazib berish tezligi o‘rtacha uch-to‘rt kundan uch-yetti kungacha tushiriladi. Ba’zi pochta bo‘limlari yopiladi va taxminan to‘rt million kanadalikning uyiga pochta yetkazish to‘xtatiladi.

Shuningdek, Kanada pochtasida Korxonalar faoliyatini tekshirish komissiyasi tomonidan taklif qilingan o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, uylariga pochta yetkazilmaydigan kanadaliklar uchun jamoat joylarida pochta qutilari sonini ko‘paytirish taklif qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring