Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada daraxtlar «huquqlarga ega tirik mavjudot» deb tan olindi

Kanadada daraxtlar «huquqlarga ega tirik mavjudot» deb tan olindi

Kanadaning Kvebek provinsiyasida joylashgan Terrass‑Vodre munitsipaliteti mamlakatda birinchi bo‘lib daraxtlarni muayyan huquqlarga ega tirik mavjudot sifatida rasman tan oldi.

Shahar kengashi bir ovozdan qabul qilgan rezolyusiyaga ko‘ra, daraxtlar yashash, tabiiy o‘sish, yaxlitligini saqlash va tiklanish huquqiga ega.

Munitsipalitet rahbariyatining ta’kidlashicha, bu qaror shahardagi yashil hududlarni asrash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Endi daraxt kesishga zarurat tug‘ilsa, uning o‘rniga yangi ko‘chat ekish majburiy hisoblanadi. Shuningdek, shaharda yashil hududlarni kengaytirish va aholiga ko‘chatlar tarqatish rejalashtirilgan.

Shahar meri Mishel Burdoning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlar havoni tozalash, issiqlikni kamaytirish, suv resurslarini muhofaza qilish va bioxilmaxillikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

Terrass‑Vodre shuningdek, Daraxtlar huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga qo‘shilgan Kanadadagi birinchi munitsipalitetga aylandi.

Mutaxassislar fikricha, bu qaror hozircha asosan ramziy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, iqlim o‘zgarishi sharoitida tabiat obyektlarining huquqiy maqomini kengaytirish bo‘yicha xalqaro harakatning bir qismi sifatida baholanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring