Kanadani larzaga solgan xunrezlik: 10 kishi pichoqlab o‘ldirildi
Kanadaning Saskachevan provinsiyasida sovuq qurolli jinoyatchilar 10 kishini o‘ldirib, kamida 15 kishini jarohatlab ketishdi. Bu haqda Kanada qirollik otliq politsiyasi ma’lumot tarqatdi.
Ikki gumonlanuvchi — Damiyen Sanderson (31 yosh) va Maylz Sanderson (30 yosh) qidirilmoqda. Ueldon va Jeyms-Smit-Kri-Neyshn aholi yashovchi hududlaridagi qator bosqinlarda ham ularning qo‘li borligi taxmin qilinmoqda.
Tergov taxminlariga ko‘ra, ayrim qurbonlar jinoyatchilarning nishoni bo‘lgan, ba’zilari esa ularning yo‘lidan tasodifan chiqib qolgani ehtimoldan xoli emas. Qotillar qayerga yo‘qolganini hozircha hech kim bilmaydi. Ularni so‘nggi marotaba Nissan qora yo‘ltanlamasida ko‘rishgan.
Politsiya vakili jinoyatchilar qurollangani va o‘ta xavfli ekanini alohida ta’kidladi.
Mahalliy aholiga ehtiyotkorlikni oshirish va eshiklarni yaxshilab berkitish tavsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter