Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In jangovar mashinani shaxsan boshqardi (foto)

Kim Chen In jangovar mashinani shaxsan boshqardi (foto)

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi yirik kalibrli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimiga ega transportni shaxsan boshqarib ko‘rdi.

KXDR mudofaa sanoati xodimlari Koreya mehnat partiyasining IX s’yezdiga 600 mm kalibrli 50 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini topshirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Tantanali marosim Pxenyan shahrida mamlakat yetakchisi Kim Chen In ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

U mazkur qurol-aslahaning yuqori harbiy samaradorligini ta’kidlab, davlat xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy qudratni yanada oshirish zarurligini bildirgan. Shundan so‘ng u jangovar mashinani shaxsan o‘zi haydab, maydon bo‘ylab yurib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring