Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosmonavtning maoshi qancha?

Kosmonavtning maoshi qancha?

Foto: «Gctc.ru»

«Roskosmos» ma’lumotlariga ko‘ra, rus kosmonavtlari boshqa astronavtlar: amerikaliklar (NASA), yaponiyaliklar (JAXA) va kanadaliklar (CSA) bilan deyarli bir xil maosh olishadi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.

«Rossiya Federatsiyasida kosmonavtlarning moddiy ta’minoti to‘g‘risida»gi qaror asosida fazogirlarga ish haqi belgilangan. Unga ko‘ra, kosmonavtlikka nomzodlarning okladi 60,9 ming rubl, kosmonavtlarning o‘zi esa 63,8 ming rubl maosh oladi. Eng ko‘p kosmonavt-instruktorlarga to‘lanadi — 88,45 ming rubl.

Qolaversa, o‘z vazifasini muvaffaqiyatli uddalaganlik uchun qo‘shimchalar belgilangan. Demak, yuqorida sanab o‘tilgan uch toifa kosmonavtlar oylik ish haqiga okladining 25 foiz ko‘rinishidagi ustama ham yil oxirida 13-oylikni olishi mumkin ekan.

Bundan ham tashqari, fazoga parvozlari soni oshgani sayin kosmonavtning maoshi ham ko‘paytirilib boriladi. Fazoga uch va undan ortiq marta uchgan kosmonavt va instruktorlar 120 foizlik ustama olishadi. Har bir parvoz uchun bir martalik alohida pul mukofotlari ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: 9 avgust holatiga 1 AQSh dollari — 65,12 Rossiya rubli. Demak, o‘rtacha kosmonavtning o‘rtacha oyligi 10 ming dollar atrofida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring