Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madonna Rim papasini G‘azoga borishga chaqirdi

Madonna Rim papasini G‘azoga borishga chaqirdi

Foto: X / Madonna

Amerikalik qo‘shiqchi Madonna X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali Rim papasi Lev XIVga murojaat qilib, uni G‘azo sektoriga borishga chaqirdi.

San’atkor G‘azo sektorida azob chekayotgan bolalar taqdiridan tashvishda. Rim papasining G‘azoga kirishiga hech kim to‘sqinlik qila olmasligiga uning ishonchi komil.

«Iltimos, hali ham kech emas, G‘azoga otlaning, bolalarga ziyo ulashing. Ona sifatida ularning (g‘azolik bolalarning) azoblanishiga chiday olmayapman. Dunyodagi jami bolalar barchamizning farzandlarimiz, ular har birimizga tegishli.

Begunoh bolalarni qutqarish uchun insonparvarlik yo‘laklari to‘liq ochilishi shart. Vaqt tugab boryapti, iltimos, u yerga borishga so‘z bering», — deb yozdi Madonna.

Qo‘shiqchi «nizolashayotgan» hech bir tomonga yon bosmasligini va hech kimni ayblamasligini alohida ta’kidladi.

«Hamma azob chekyapti. Yagona maqsadim bolalar ochlikdan o‘lmasligi uchun nimadir qilish», dedi qo‘shiqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring