Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron Fransiyada favqulodda vaziyat e’lon qildi (video)

Makron Fransiyada favqulodda vaziyat e’lon qildi (video)

Foto: RIA «Novosti»

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron mamlakatda kuzatilayotgan namoyishlar to‘lqini tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jabhada favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq, benzin narxi oshishiga qarshi boshlangan namoyishlar jiddiylashgani, Makron esa bu noroziliklarda qatnashganlarni jazolashga va’da bergani haqida xabar berilgandi.

Prezident noroziliklar fonida yuz berayotgan zo‘ravonliklarni tanqid qilgan. Uning fikricha, bu qilmishlarni oqlab bo‘lmaydi.  

Fransiyada benzin narxi oshishi ortidan ijtimoiy ahvoldan norozi «sariq jiletlilar» g‘alayoni boshlandi. Hozirgacha ushbu tartibsizliklarda 4500 dan ziyod kishi qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring