Mashhurlar orasida eng boylari aniqlandi
Stiven Spilberg.
Forbes jurnali mashhur insonlar orasidan eng boylarini aniqladi — reytingni Stiven Spilberg boshqarmoqda (7,1 mlrd dollar).
Hozirda 79 yoshni qarshilagan Spilberg jahon kinosi tarixidagi eng muvaffaqiyatli rejissyorlardan («Jag‘lar», «Yura davri bog‘i», «Indiana Jons» kabi mashhur filmlardan millionlab dollar ishlab topgan), shuningdek, mashhur DreamWorks studiyasining asoschilaridan biridir. Rejissyor ilk bor 1994-yilda Forbes ro‘yxatiga kirgan va shundan beri uni tark etmagan.
Mashhur va boy insonlar reytingida ikkinchi qatorni ham kinorejissyor — «Yulduzlar jangi»ni suratga olgan 81 yoshli Jorj Lukas band etdi (5,2 mlrd dollar). Basketbol qiroli, 63 yoshli Maykl Jordan uchinchi o‘rinda — 4,3 mlrd dollar.
Reytingdagi ayrim boylar:
5-o‘rin: Opra Uinfri (teleboshlovchi) — 3,2 mlrd dollar;
7-o‘rin: Teylor Svift (qo‘shiqchi) — 2 mlrd dollar;
11-o‘rin: Tayger Vuds (golfchi) — 1,5 mlrd dollar;
14-o‘rin: Lebron Jeyms (basketbolchi) — 1,4 mlrd dollar;
16-o‘rin: Arnold Shvarsenegger (aktyor va siyosatchi) — 1,2 mlrd dollar;
18-o‘rin: Rojer Federer (tennischi) — 1,1 mlrd dollar;
19-o‘rin: Jeyms Kemeron (kinorejissyor) — 1,1 mlrd dollar;
20-o‘rin: Rianna (qo‘shiqchi) — 1 mlrd dollar;
21-o‘rin: Beyonse (qo‘shiqchi) — 1 mlrd dollar


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter