Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr Suvaysh kanali bekilib qolishidan qancha zarar ko‘rdi?

Misr Suvaysh kanali bekilib qolishidan qancha zarar ko‘rdi?

Foto: «The Mirror»

Konteyner tashuvchisi — ulkan «Ever Given» kemasi sayozlikka chiqib qolishi oqibatida Suvaysh kanalida kemalar harakati butunlay to‘xtab qolgandi. Bundan Misr kuniga 14 million dollar atrofida zarar ko‘ryapti, dedi Suvaysh kanali boshqaruvi rahbari Usama Rabi «eXtra News» kanaliga bergan intervyusida.

Misr kanaldan o‘tganlik uchun oladigan boj kema o‘lchamlari va yukiga bog‘liq bo‘lgani uchun aniq raqamlarni aytish qiyin, deya qo‘shimcha qildi Rabi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, muhim transport arteriyasi sanalgan Suvayshning bir kun ishlamasligi jahon iqtisodiyotiga 9 milliard dollar zarar keltiryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring