Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda musson yomg‘irlari tufayli 511 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda musson yomg‘irlari tufayli 511 kishi halok bo‘ldi

Foto: «AA.com»

Hindistonda o‘tgan oydan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari tufayli yuzaga kelgan sel hamda tuproq ko‘chishi oqibatida 511 kishi halok bo‘ldi, 176 kishi yaralandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Musson yomg‘irlari shu yilning 1 iyunida boshlanib, ayni kunlarda ham mamlakat miqyosida davom etmoqda.

Markaziy suv komissiyasi (CWC) ma’lumotlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik tufayli Hindistonning 91 ta hududida jami 55 ming uy vayron bo‘ldi, 1 milliondan ortiq hayvon qirilib ketdi.

Hindistonda bunday musson yomg‘iri so‘nggi bor 64 yil avval kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring