Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Narendra Modi Hindistonning asosiy dushmanini aytdi

Narendra Modi Hindistonning asosiy dushmanini aytdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatning asosiy dushmani boshqa davlatlarga qaramlik ekanini aytdi. Bu haqda RBK o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi

Modining so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning o‘zini o‘zi ta’minlashi “yuz dardga davo”dir. 

"Mamlakatning dunyoda jiddiy siyosiy dushmanlari yo‘q, ammo boshqa davlatlarga turli sohalar bo‘yicha qaramlik muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Agar Hindiston boshqalarga qaram bo‘lishda davom etsa, uning o‘ziga bo‘lgan hurmati buziladi", - dedi Modi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Rossiya neftiga qaramligi jiddiy muammolarga sabab bo‘lmoqda. Tramp hokimiyatga kelgach, Hindistonga nisbatan katta tariflar joriy etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring