Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu BMT minbarida noqulay vaziyatda qoldi

Netanyahu BMT minbarida noqulay vaziyatda qoldi

Bugun, 26 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu so‘zga chiqdi, biroq uning nutqi keskin munosabat bilan kutib olindi.

Ko‘plab delegatsiyalar uning nutqi boshlanishi bilan zalni erta tark etishdi va hozir bo‘lganlar uning nutqini hayqiriq va hushtak bilan bo‘lib turishdi. 

Namoyishkorona noroziliklarga qaramay, Netanyaxu so‘zlashda davom etdi. U o‘z nutqida G‘azo sektori uning xalqaro hamjamiyatga murojaatini eshittiruvchi ovoz kuchaytirgichlar bilan o‘ralganini ta’kidladi. Isroil bosh vaziri HAMAS jangarilarini qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil nafaqat o‘zini, balki Yevropa va Amerikani ham “darvozadagi varvarlardan” himoya qilmoqda. 

Benyamin Netanyaxu, shuningdek, Falastin davlatligini tan olgan davlatlarni antisemitizmda aybladi. Bir hafta ichida Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliya hukumatlari shunday qarorlar qabul qilishgadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring