Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Netanyaxu: Isroil qo‘shinlari Livanni tark etmaydi

Netanyaxu: Isroil qo‘shinlari Livanni tark etmaydi

Netanyaxu Trampga Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livan hududidan chiqib ketmasligini ma’lum qildi.

Ynet nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, Netanyaxu AQSh va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramasdan, Isroil armiyasi Livandagi hozirgi pozitsiyalarini saqlab qolishini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, SAXAL «Hizbulloh»dan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olish maqsadida operatsiyalarni davom ettiradi. Shuningdek, guruh infratuzilmasini yo‘q qilish va Isroilga qarshi har qanday hujumga javob qaytarish amaliyoti ham to‘xtatilmaydi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxuning mazkur pozitsiyasi mamlakat hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.

Avvalroq Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif AQSh va Eron o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, tomonlar barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha memorandumni 19 iyun kuni Shveysariyada imzolashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring