Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: KXDR askarlari Janubiy Koreya bilan chegarani kesib o‘tdi

OAV: KXDR askarlari Janubiy Koreya bilan chegarani kesib o‘tdi

Shimoliy Koreyaning 30 ga yaqin askari Janubiy Koreya bilan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tdi, deya xabar bermoqda Ryonxap agentligi BMT qo‘mondonligi ma’lumotlariga asoslanib. 

Hodisa 19-avgust kuni sodir bo‘lgan. Bir kun avval Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi mamlakat chegara qo‘shinlari chegara buzilishiga javoban ogohlantiruvchi o‘q ochgani haqida xabar bergan edi. 

KXDR Bosh shtabi Shimoliy Koreya qo‘shinlari chegara yaqinida qurilish ishlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Pxenyan voqeani Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar bilan bog‘ladi va Seulni mintaqadagi kuchlar muvozanatini buzganlikda aybladi.

So‘nggi vaqtlarda shimol va janub o‘rtasidagi munosabatlar tarangligicha qolmoqda. Janubiy Koreya yaqinda Shimolga qarshi targ‘ibot ovozkuchaytirgichlarini olib tashladi. Biroq bu harakat munosabatlarni iliqlashtirmadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring