Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon Erondan diplomatlarini evakuatsiya qilmoqda

Ozarbayjon Erondan diplomatlarini evakuatsiya qilmoqda

Ozarbayjon Erondagi diplomatik xodimlarini evakuatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bunday qarorni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilgan.

Bu qaror Naxichevanda dronlar bilan bog‘liq hodisadan keyin qabul qilingan. Boku ma’lumotiga ko‘ra, ikki dron Eron hududidan uchib kelgan: ulardan biri Naxichevan xalqaro aeroporti terminaliga, ikkinchisi esa maktab yaqiniga tushgan. Hodisa natijasida ikki kishi jarohat olgan.

Ozarbayjon bu holatni terror deb baholab, Tehrondan izoh talab qildi va Eron elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi.

Eron esa bu ayblovlarni qat’iy rad etmoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan suhbatda Tehron hujumni uyushtirmaganini bildirgan.

Aroqchiga ko‘ra, bu hujum ortida Isroil turgan bo‘lishi va uning maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirish bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring