Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiyadan o‘zbek muhojirlari uchun bog‘cha va maktablar ochishni so‘ramoqda

O‘zbekiston Rossiyadan o‘zbek muhojirlari uchun bog‘cha va maktablar ochishni so‘ramoqda

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboyev Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiya hukumatidan o‘zbek diasporasi hisobidan mamlakatda mehnat muhojirlarining farzandlari uchun xususiy bog‘cha va maktablar ochishda yordam so‘radi.

«Sizdan Rossiya qonunchiligiga mos keladigan o‘quv dasturlari bo‘yicha (o‘zbek) vatandoshlar hisobidan maktabgacha ta’lim muassasalari va xususiy maktablar ochish masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz», – deydi Quranboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyada ishlab yurgan va qaramog‘ida farzandlari bo‘lgan o‘zbekistonlik ishchilar ularni bog‘cha va maktablarga joylashtirishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgani bilan bog‘liq.

Davlat Dumasidagi yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston yosh fuqarolari uchun migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish masalasini ham qonunchilik darajasida ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring