Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning pasport reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

O‘zbekistonning pasport reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston pasportining jahon reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

Pasport Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tuzilgan va fuqarolar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini aks ettiruvchi yangilangan Henley indeksida 72-o‘rinni egalladi. 

Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 62 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega. 

Fuqarolari 193 davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatda Singapur yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya egalladi – har biri 190 ta yo‘nalish. 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston “eng kuchli” pasport egasi bo‘ldi: Qirg‘iziston 71, O‘zbekiston 72, Tojikiston 78, Turkmaniston 84-o‘rinda. Bundan tashqari, Qozog‘iston Ozarbayjon (66), Armaniston (69) va Mo‘g‘ulistonni (70) ortda qoldirdi.

Ro‘yxatni Afg‘oniston, Iroq va Suriya yakunlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring