Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon Eron urushi uchun Kongressdan 200 mlrd dollardan ortiq mablag‘ so‘ramoqchi

Pentagon Eron urushi uchun Kongressdan 200 mlrd dollardan ortiq mablag‘ so‘ramoqchi

Pentagon Eronga qarshi harbiy amaliyotni davom ettirish uchun 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rovni Oq uy orqali Kongressga kiritishni taklif qildi. Bu haqda The Washington Post manbalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘ 28-fevraldan boshlangan urushni moliyalashtirish hamda qo‘llanilayotgan qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni oshirish uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Biroq Oq uyda barcha amaldorlar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamayapti. Ayrim mansabdorlar bunday katta summa Kongress tomonidan tasdiqlanishi qiyin bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Avvalroq, urushning dastlabki 6 kunida AQSh 11,3 mlrd dollar, ilk 2 haftada esa 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarflagani aytilgan edi.

Yangi so‘rov esa bu xarajatlardan bir necha barobar yuqori. Shunga qaramay, avval AQSh rasmiylari qurol zaxiralari yetarli ekanini va qo‘shimcha mablag‘ shart emasligini ta’kidlab kelgan edi.

Pentagonning yangi so‘rovi urush kutilgandan ancha qimmatga tushayotganini ko‘rsatmoqda va bu AQSh ichida siyosiy bahslarni kuchaytirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring