Pentagonning bosh maqsadlari belgilandi
AQSh Qurolli kuchlari uchun ustuvor yo‘nalish — Xitoyni ushlab turish hamda Yevropani emas, balki Qo‘shma Shtatlar hududini himoya qilishdir. Bu haqda Pentagon tomonidan e’lon qilingan AQShning yangi mudofaa strategiyasida so‘z boradi.
Hujjatda qayd etilishicha, Yevropa hamon muhim rol o‘ynamoqda, biroq uning jahon iqtisodiyotidagi ulushi kamaymoqda.
«Biz Yevropa ishlarida ishtirok etishda davom etamiz, ammo AQSh hududini himoya qilish va Xitoyni tiyib turishga ustuvor ahamiyat berishimiz kerak va beramiz», — deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, hujjatda, Rossiyadan farqli o‘laroq, Xitoy tahdid sifatida ko‘rsatilmagan. Pentagon Xitoyni Qo‘shma Shtatlardan keyin ikkinchi qudratli davlat, deb atadi va Pekinning ta’siri ortib borayotganini qayd etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter