Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pentagonning qayta nomlanishiga milliardlab dollar sarflanadi

Pentagonning qayta nomlanishiga milliardlab dollar sarflanadi

Foto: The Washington Post

AQSh Mudofaa vazirligini Urush vazirligi (Department of War) deya qayta nomlash uchun, garchi bu «kosmetik» o‘zgartirish bo‘lsa-da, Vashington milliardlab dollar xarajat qilishi mumkin. Bu haqda Politico yozmoqda.

«Bu sof ichki siyosiy auditoriyaga qaratilgan qadam. Uning Xitoy yoki Rossiyaga mutlaqo ta’siri yo‘q. Aksincha, bu raqiblarga AQShni urush olovini yoquvchi va dunyo barqarorligiga xavf soluvchi qilib ko‘rsatishda qo‘l kelishi mumkin», dedi nashrga Pentagonning sobiq xodimi.

Politico ma’lumotiga ko‘ra, nomning Urush vazirligiga o‘zgarishi tufayli AQShdagi 50 ta shtat va 40 mamlakatdagi 700 mingdan ziyod obyektda Pentagon ramzini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring