Pokistonda ayirmachilar hujumi sabab 80 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
Pokistonda balujistonlik ayirmachilar hujumi sabab 80 nafardan oshiq kishi haloa bo‘ldi.
AP agentligi xabar berishicha, shanba kuni Pokistonning Balujiston viloyatida 80 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan bir qator muvofiqlashtirilgan hujumlar amalga oshirildi. Hujum uchun mas’uliyatni separatist guruh Balujiston Ozodlik Armiyasi zimmasiga oldi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 11 tinch aholi, 10 xavfsizlik xodimi va 67 ta hujumchi halok bo‘lgan. Guruh shuningdek, bir nechta banklarni talon-taroj qilgan.
Viloyat hukumati vakili Shahid Rindning so‘zlariga ko‘ra, hujumlarning aksariyati barbod bo‘lgan. Balujiston bosh vaziri Sarfraz Bugti o‘z navbatida xavfsizlik kuchlari hujumchilarni ta’qib qilayotganini aytdi.
Balujiston sog‘liqni saqlash vaziri Baxt Muhammad Kakarning so‘zlariga ko‘ra, shanba kuni hujumlar deyarli bir vaqtning o‘zida boshlangan. Guruh Dolbandin shahridagi qo‘riqlash postlari, politsiya mashinalari va ma’muriyatni nishonga olgan. Ular shuningdek, avtomagistralda avtobus yo‘lovchilarini garovga olishga urinishgan.
Mastung tumanida jangarilar qamoqxonaga hujum qilishgan va 30 mahbusni ozod qilishgan. Ular shuningdek, Nushki tumanidagi militsiya shtab-kvartirasiga bostirib kirishga urinishgan, ammo hujum qaytarilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida 108 jangari o‘ldirilgan, jumladan, bir kun oldin viloyatdagi ikkita boshpanaga qilingan reydlar paytida 41 kishi o‘ldirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter