Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga 2025-yilda 18 752 nafar pokistonlik keldi

O‘zbekistonga 2025-yilda 18 752 nafar pokistonlik keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 435 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Pokistonga safar qildi.

Ko‘rsatkich bir yil oldingiga nisbatan 6,9 barobar oshgan.

Pokistonga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 272 nafar, xizmat yuzasidan 95 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 67 nafar, o‘qish uchun 1 nafar fuqaro safar qilgan.

Xuddi shu davrda O‘zbekistonga qariyb 18 752 nafar pokistonlik turistik maqsadlarda kelgan.

Pokistonlik turistlar soni bir yil oldingiga qaraganda 3,4 barobar ko‘paygan.

Pokistonliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 10,7 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, xizmat yuzasidan 5,8 ming nafar, o‘qish uchun 1,8 ming nafar, tijorat maqsadida 404 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash uchun 74 nafar tashrif qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring