Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Psixeya asteroidi narxi belgilandi: yerliklarda buncha pul yo‘q...

Psixeya asteroidi narxi belgilandi: yerliklarda buncha pul yo‘q...

Psixeya asteroidi.

Illyustratsiya: NASA

NASA ekspertlari Psixeya asteroidi tadqiqotlarini yakunlashdi. Ularning to‘xtamiga ko‘ra, fazoviy jism ulkan miqdordagi temir va nikeldan tashkil topgan, deb yozmoqda «Slashgear.com».

Yerdan 370 million kilometr olisda — Mars va Yupiter oralig‘idagi orbitada kezib yurgan Psixeya asteroidini olimlar anchadan beri katta qiziqish bilan kuzatishadi. Asteroidning noyobligi shundaki, faqat temir va nikeldan tashkil topgan, boshqa yot jismlar umuman yo‘q.

Psixeya asteroidining o‘lchamlari:

  • Diametri: 253,16 ± 4 km. (IRAS — Infraqizil orbita observatoriyasi hisoblari), 240×185×145 km.
  • Sferasi: 186 km.
  • Massasi: 2,27⋅1019 kg.

Agarda asteroiddagi miqdordagi bu foydali qazilmalar yerda bo‘lganida qiymati 10 kvintillion AQSh dollariga tenglashardi. Solishtiradigan bo‘lsak, masalan, bugungi global iqtisodiyot hajmi 142 million dollardan iborat.

Kvintillion ulkan raqam — trillionning milliontasiga teng, 18 ta nul bilan yoziladi.

NASA Psixeyani tadqiq etish uchun 2022-yili zond uchirishni rejalashtirgan. Hammasi rejadagidek kechsa, zond 2026-yilda asteroidga yetib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring