Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida navbatdagi mojaro. Qurbonlar yo‘q

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida navbatdagi mojaro. Qurbonlar yo‘q

Foto: Knews.kg

Kecha, 2019 yilning 2 sentyabrida Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida navbatdagi mojaro ro‘y berdi. Kelishmovchilik oqibatida tojikistonlik chegarachilar havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyatidagi Aksay qishlog‘i yaqinida qirg‘izistonliklar daryodan shag‘al olayotgan bo‘lgan. Ular daryoning Qirg‘izistonga tegishli qirg‘ogida bo‘lgan.

Shu vaqtda daryoning Tojikistonga tegishli bo‘lgan qirg‘og‘iga chegarachilar otryadi yetib kelgan va havoga uch marta ogohlantiruvchi o‘q uzilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Mojaro sabablarini o‘rganish va avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududi vakillari uchrashib, muzokara o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ikki davlat fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqani xabar qilingan edi. Mojaro Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi Tash-Tumshuq qishlog‘idan o‘tgan chegarada bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring