Qirg‘izistonda folbinlik va jodugarlikni reklama qilish taqiqlandi
Qirg‘iziston Hukumati respublika hududida folbinlik, spiritizm va jodugarlik xizmatlari reklamasini taqiqladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, ushbu ro‘yxatga sehrgarlik orqali ta’sir qilishning turlari reklamasi kiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan tibbiy xizmat ham shu jumladan.
Bu boradagi dastlabki hujjat mamlakat prezidenti tomonidan joriy yil 19-iyulda imzolangan va Hukumatga reklamasi taqiqlangan xizmatlar ro‘yxatini tuzishni topshirgan edi.
Ushbu hujjat matnida ta’kidlanishicha, folbin va jodugarlar psixolog mahoratiga ega bo‘lib, ular odamlarning ongini manipulyasiya qilishga, shuningdek, firibgarlik yo‘li bilan ulardan pul olishga muvaffaq bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldi qo‘shni Tojikiston davlatida ham folbin va jodugarlik bilan shug‘ullanish taqiqlangani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter