Qirg‘izistonning Jalolobod shahri nomi o‘zgardi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 17-sentyabr kuni Jalolobod viloyatining Jalolobod shahrini Manas shahri deb qayta nomlash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun mamlakat Jogorku Keneshi tomonidan 2025-yil 10-sentyabrda qabul qilingan edi. Maqsad — milliy mafkurani mustahkamlash, Jalolobod shahriga xalq qahramoni, qirg‘iz xalqini turli bosqinchiliklardan himoya qilgan Manas nomini berib abadiylashtirishdir, deyiladi xabarda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun: Jalolobod — Qirg‘izistonning aholisi soni bo‘yicha uchinchi shahri: 184 ming kishi yashaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter