Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoplon 7 yoshli qizchani tilka-pora qilib tashladi

Qoplon 7 yoshli qizchani tilka-pora qilib tashladi

Foto: «Friends.bigasia.ru»

Hindistonning Uttarakxand shtatida Himolay tog‘larida joylashgan Bxattigaon qishlog‘ida qoplon yetti yoshli qizchani butalar orasiga sudrab ketib, g‘ajib tashladi.

8-oktyabr kuni kechasi yetti yoshli qizcha uyining yonida o‘ynab yurgan. Qoplon unga hujum qilib, butalar orasiga sudrab ketgan.

Qo‘ni-qo‘shnilar bolaning baqir-chaqirini eshitib, yordamga shoshilishgan. Biroq qizchaga yordam berishga ulgurishmagan. Katta mushuk jon bergan o‘ljasini tashlab, g‘oyib bo‘lgan.

O‘rmon xo‘jaligi mutasaddilari qoplonni tutish uchun qafas o‘rnatishdi. Ular mahalliy aholini ehtiyot bo‘lishga chaqirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring