Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston Germaniyaga har oy 20 ming tonna neft yetkazib beradi

Qozog‘iston Germaniyaga har oy 20 ming tonna neft yetkazib beradi

Qozog‘iston hukumati joriy yilning aprel oyida Germaniyaga «Drujba» quvuri orqali har oyda 20 ming tonna neft import qilmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov ma’lum qildi.

«Birinchi neft partiyasi allaqachon jo‘nab ketgan, ikkinchi neft partiyasi mart oyiga mo‘ljallangan. O‘rtacha oyiga 20 ming tonna neft jo‘natishni rejalashtirganmiz. Rejaga ko‘ra, aprel oyida ham 20 ming tonna import qilmoqchimiz», — deydi Aqchulakov.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonning Germaniyaga neft yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlari yiliga 300 ming tonnani tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida Qozog‘iston milliy operatori «Kaztransoil» 20 ming tonna qozoq neftini «Transneft» magistral neft quvurlari orqali «Adamova Zastava» neft yetkazib berish punkti yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyaga yetkazib bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring