Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

Qozog‘istonda davlat boshqaruvi tizimida yangi lavozim – vitse-prezident institutini joriy etish rejalashtirilmoqda. Vitse-prezidentni davlat rahbari parlament roziligi bilan, ko‘pchilik ovoz asosida tayinlaydi. Uning vakolatlari doirasini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident belgilaydi.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, vitse-prezident mamlakat prezidenti topshirig‘iga asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Qozog‘iston Respublikasi manfaatlarini xalqaro forumlar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari bilan muzokaralarda ifodalash;
  • Prezident nomidan parlamentda ishtirok etish;
  • Mahalliy va xorijiy jamoat-siyosiy, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Vitse-prezident institutini joriy etish normasini Konstitutsiyada mustahkamlash taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, parlament faoliyatini ta’minlab kelgan ayrim tuzilmalarni tugatish, shuningdek, davlat maslahatchisi lavozimini bekor qilish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, prezident Qasim-Jomart Toqayev Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazish haqida to‘xtalib, bu tadbir sanasi maxsus komissiya o‘z ishini yakunlaganidan so‘ng e’lon qilinishini ma’lum qildi.

«Biz, aslida, yangi Konstitutsiyani qabul qilish sari qadam tashlamoqdamiz. Shu bois men Konstitutsiyaviy komissiya tuzishga qaror qildim. Ertaga tegishli farmonni imzolayman», – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring