Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda yuk poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Qozog‘istonda yuk poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Foto: «RIA Novosti»

Atirau–Astraxon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yuk poyezdi Atirau viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Voqea qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishuvida sodir bo‘lgan.

Yuk mashinasi haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Yuk poyezdi Akkistau bekatiga tortib ketilgan.

Voqea boshqa poyezdlarning qatnoviga ta’sir etmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring