Raketa zarbalariga uchragan Ganja shahrida qurbonlar soni 13 nafarga yetdi

Ozarbayjonning Ganja shahriga Armaniston qurolli kuchlari raketa zarbalari berishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda «Day.az» yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 52 nafarga yetgan.

Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmet Gajiyev arman tomoni hujumi oqibatida Ganjada 20 ta uy vayronaga aylanganini ma’lum qilgan. Ayni paytda shaharda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter