Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov o‘zi haqidagi mish-mishlar fonida jonli efirga chiqdi

Ramzan Qodirov o‘zi haqidagi mish-mishlar fonida jonli efirga chiqdi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov uning sog‘ligi og‘ir ahvolda ekani haqidagi xabarlar fonida jonli efirga chiqdi.

Checheniston rahbari ma’muriyatining sobiq boshlig‘i Ibrohim Zakriyev Ramzan Qodirovning Grozniy shahri bo‘ylab harakati chog‘ida olingan videoni e’lon qildi.

Videoda u «aytishni unutibman, men kasalxonada emasman», — deya ta’kidlaydi.

Avvalroq OAVlarda Chechen Respublikasi rahbarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelgani va uning Moskvaga gospitalizatsiya qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay, respublika matbuot va axborot vaziri Ahmed Dudayev ijtimoiy tarmoqlarda Qodirov ishtirokidagi videoni e’lon qilib, bu mish-mishlarni rad etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring