Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqdi

Rasman: Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqdi

Foto: TASS

Jazoirni 1999-yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqdi. Uning mamlakat Konstitutsiya kengashi rahbariga yo‘llagan murojaati matni «TSA» portalida e’lon qilindi.

«Sizga davlat rahbari sifatidagi vakolatlarimni 2019-yilning 2-aprelidan to‘xtatishimni bildiraman. Bu qarorni asosli ravishda Jazoirni birgalikda eng yaxshi kelajak sari yo‘naltirishni istayotgan vatandoshlarimning qalbi va ko‘nglini tinchlantirish maqsadida ongli ravishda va o‘z tashabbusim bilan qabul qildim», — deyiladi murojaatda.

Buteflikaning aytishicha, uning qarori Jazoir fuqarolarini «o‘ta xavfli o‘zgarishlar»dan muhofazalash uchun ham zarur.

Keksa prezident o‘z xalqiga eng yaxshi tilaklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yili 82 yoshli Buteflika prezidentlik saylovlarida qatnashish niyatini bildirgandi. Biroq oxirgi yillarda salomatligiga jiddiy putur yetgan davlat rahbarining bu qarori jazoirlik aksariyat aholining noroziligini keltirib chiqardi va mamlakatda ko‘plab namoyishlar, to‘qnashuvlar yuzaga kela boshladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring