Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya O‘zbekistonga mazut yetkazib berishni sezilarli darajada oshirgan

Rossiya O‘zbekistonga mazut yetkazib berishni sezilarli darajada oshirgan

So‘nggi oylarda Rossiya O‘zbekistonga mazut yetkazib berishni sezilarli darajada oshirgan.

«Bu bilan hukumat sovuq qish mavsumida elektr stansiyalarida yonilg‘i taqchilligini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi», – deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib.

Agentlik O‘zbekiston issiqlik elektr stansiyalari uchun zaxira yoqilg‘i sifatida Rossiya mazutidan foydalanayotganini taxmin qiladi.

«O‘zbekistonda bu yil qish g‘ayrioddiy sovuq bo‘lgani uchun mazutning bir qismi (Rossiyadan) issiqlik elektr stansiyasida qo‘llanilgan bo‘lsa kerak», – degan treyderlardan biri ham.

Manbalarga ko‘ra, 2022-yilning noyabr-dekabr oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga 180 ming tonnadan ortiq mazut jo‘natildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 34 ming tonnani tashkil qilgan. 2023-yil yanvar oyi boshidan esa yuk tashish hajmi 61 ming tonnadan oshgan.

Agentlik, shuningdek mazkur faktga O‘zbekiston hukumati izoh bermaganini yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston sovuq havo tufayli ichki iste’molning ortishi sababli gaz eksportini butunlay to‘xtatgan edi. Dekabrning oxiriga kelib esa Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirish niyatida ekanligini aytgan.

Bundan tashqari hukumat Turkmaniston bilan qishki uch oyda tabiiy gaz yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha shartnoma imzolagan, biroq yanvar oyida gaz yetkazib berishda ham uzilishlar kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring