Rossiya Telegram va Whatsappʼda qo‘ng‘iroqlarni chekladi

Rossiya Telegram va Whatsappʼdagi videoqo‘ng‘iroqlarni chekladi.
Ayrim xorijliklar so‘nggi paytlarda Rossiyadagi qarindoshlariga Telegram va Whatsapp orqali qo‘ng‘iroq qilish qiyinlashib qolganidan shikoyat qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu messenjerlarda qo‘ng‘iroqlar qisman cheklangan. Roskomnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, bunday choralar jinoyatchilarga qarshi kurashda ko‘rilmoqda.
Departamentning tushuntirishicha, Telegram va Whatsapp aldash va pul undirish, Rossiya fuqarolarini qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatiga jalb qilish uchun foydalaniladigan asosiy ovozli xizmatlarga aylangan.
"Jinoyatchilarga qarshi kurashish maqsadida huquq-tartibot idoralari materiallariga asosan ushbu xorijiy messenjerlarda qo‘ng‘iroqlarni qisman cheklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz. Ularning funksionalligi uchun boshqa cheklovlar joriy etilmayapti", — deya Roskomnadzor ma’lumotlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.
Xorijiy messenjerlardagi qo‘ng‘iroqlarga ruxsat ular Rossiya qonunchiligi talablariga rioya qilgandan keyin tiklanadi, deya tushuntirdi Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi.
"Verstka" nashrining yozishicha, ovozli aloqani cheklash qarori Rossiyada Maks davlat messenjeri ishga tushirilgan paytga to‘g‘ri keldi: rasmiylar uning ishlashi uchun qulay sharoit yaratmoqda.
"Maksda qo‘ng‘iroqlar, ehtimol, rasmiylar tomonidan tinglashdan to‘liq himoyalanmaydi. Qonunga ko‘ra, qo‘ng‘iroqlar yozuvlari aloqa operatorlari tomonidan olti oy davomida saqlanishi kerak, ya’ni ular xavfsizlik kuchlariga topshirilishi, jinoyatchilar qo‘liga tushishi yoki ommaga ochiq bo‘lishi mumkin", - deb yozadi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter