Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Ukraina asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Tomonlar bir-biriga 175 nafar harbiy xizmatchi va yetti nafar fuqaroni topshirdi.

Almashinuv jarayonida vositachilikni Birlashgan Arab Amirliklari bajargan.

Shu bilan birga, 11-aprel kuni soat 16:00 dan boshlab front chizig‘i bo‘ylab vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etildi.

Ma’lum qilinishicha, bu «Pasxa uchun sulh» 12-aprel kuni oxirigacha amal qiladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya tomoniga o‘t ochishni to‘xtatishni Pasxadan keyin ham davom ettirish imkoniyati haqida axborot yetkazilgan.

Bu esa vaqtinchalik sulh doimiyroq kelishuvga aylanishi mumkinligi haqida ehtiyotkor umid uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring