Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 16 nafar o‘quvchi palovdan zaharlandi

Rossiyada 16 nafar o‘quvchi palovdan zaharlandi

Foto: «Xabar.uz»

Rossiyaning Kirov viloyatida bolalar maktab oshxonasidagi tushlikdan keyin shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Baza telegram-kanali.

Hodisa Kalinino qishlog‘ida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar 28-noyabr, seshanba kuni tushlikka palov yeyishgan, keyin esa ularning salomatligi yomonlashgan.

Qayd etilishicha, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq bemorlar soni oshib bormoqda.  Zaharlanish voqeasi tergovchilar hamda «Rospotrebnadzor» vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.

Dastlabki taxminga ko‘ra, oshpazlar palov tayyorlash texnologiyasiga amal qilishmagan va bu zaharlanishga olib kelgan. Tekshiruv ishlari oxirigacha maktab oshxonasi yopilgan, o‘qish onlayn shaklga o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring