Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rossiya qahramoni» va mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

«Rossiya qahramoni» va mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov hibsga olindi.

Bulgakov Moskvada korrupsiya bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida qo‘lga olindi va hibs qilingan, deb xabar beradi FXX.

Razvedka xizmati boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritmadi.

Bulgakov 2008-yildan 2022-yil sentyabrigacha mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2016-yilda esa «Rossiya qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat mudofaa sohasida keng ko‘lamli qamoqqa olishlar bo‘lmoqda.

Shu yilning aprel oyida Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan edi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham ishdan bo‘shatildi va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi bo‘ldi, uning sobiq o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring