Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘nlab odamlar hibsga olinmoqda

Rossiyada o‘nlab odamlar hibsga olinmoqda

Bugun Rossiya bo‘ylab muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan mitinglarda o‘nlab odamlar hibsga olindi. 

Rossiyaning 16 shahrida Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan mitingga kelgan 67 dan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda OVD-Info inson huquqlari portali.

Huquq faollariga ko‘ra, Voronej shahri va viloyatda, Sochi, Moskva, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Ulan-Ude, Vladikavkaz, Qozon, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Omsk, Tomsk, Nijnevartovsk, Zlatoust, Astraxan shaharlarida odamlar hibsga olingan.

Hibsga olinganlar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs va bir jurnalist ham bor. Hibsga olinganlar soni ortib bormoqda, ro‘yxatlar esa o‘sishda davom etmoqda.

OVD-Info qayd etilganidek, Rossiyaning ko‘plab shaharlarida politsiya Navalniy tarafdorlari gul qo‘yishi mumkin bo‘lgan yodgorliklarni qo‘riqlagan. Moskvada bir necha faol Aleksey Navalniy bilan vidolashish uchun ketayotganda qo‘lga olindi, qabristondan qaytganlar ham qo‘lga olingani ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi Aleksey Navalniy 16 fevral kuni turmada vafot etgandi. Bugun, 1 mart kuni u Moskvada dafn etildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring