Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada samolyot parvoz vaqtida muzlab qoldi va quladi

Rossiyada samolyot parvoz vaqtida muzlab qoldi va quladi

Rossiyaning Nenets avtonom okrugida An-2 yengil samolyoti muzlab qolishi tufayli keskin qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda ikki nafar ekipaj a’zosi va o‘n nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga qorda harakatlanadigan mashinalar va vertolyotda quruqlikdagi guruh yuborilgan», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Tirik qolganlardan biri Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida ma’lumot bergan. Hodisaga samolyotning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring