Ruminiya sobiq prezidenti vafot etdi

Ruminiyaning sobiq prezidenti Ion Iliyesku vafot etdi.
95 yoshli Iliyeskuning o‘limi haqida Ruminiya hukumati ma’lum qildi, deb xabar beradi TVR Info.
Agrippa Ionesku klinik shifoxonasining xabar berishicha, Iliyesku 9-iyun kuni bo‘limga yotqizilgan va 57 kun davomida shifokorlar "unga kerakli parvarish va davolash ishlarini olib borib, barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirganlar".
Iliyesku Ruminiyani 1990-1996 va 2000-2004-yillarda boshqargan.
1989-yil dekabr oyida Nikolaye Chaushesku qatl etilgandan so‘ng, u Milliy Najot fronti yetakchilaridan biriga aylandi va o‘tish davri hukumatini amalda boshqarib, rejim o‘zgarishida muhim rol o‘ynadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter