Sadir Japarov kelajakni bashorat qilish qobiliyati borligini ma’lum qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublikaning 20-30 yillik kelajagini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega ekanligini aytdi. Bu haqda u «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida gapirdi.
«Men maqtanmayman, lekin 20-30 yil oldin mamlakatda nima bo‘lishini va u qanday rivojlanishini oldindan ko‘ra olaman. Odatda prognozlarim to‘g‘ri keladi. Bu (qobiliyat) menga yuqoridan berilgandir», deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «faqat nima bo‘layotganiga qarab, kelajak haqida xulosa chiqarish mumkin».
«Maqsadlarimizga albatta erishamiz. Buning uchun har birimiz kechayu kunduz uzluksiz ishlashimiz kerak», qayd etadi Sadir Japarov.
Japarov 2021 yil 28 yanvardan buyon Qirg‘iziston prezidenti hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter