Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya podshohi Eron prezidentiga jiddiy taklif bilan chiqdi. Javob ma’lum

Saudiya podshohi Eron prezidentiga jiddiy taklif bilan chiqdi. Javob ma’lum

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al Saud Eron prezidenti Ibrohim Raisiyni Ar-Riyodga taklif qildi.

Bu haqda Eron prezidenti ma’muriyati rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Jamshidiy ma’lum qildi, deya xabar beradi Tasnim agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya monarxi Raisiyga yo‘llagan maktubida «ikki birodar davlatning kelishuvi»ni (diplomatik munosabatlarni tiklash to‘g‘risida) olqishlab, uni Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan taklif qilgan va iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga chaqirgan.

Jamshidiyning aytishicha, Eron prezidenti qirol taklifini qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-mart kuni Eron va Saudiya Arabistoni Xitoy tomoni vositachiligida diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolagani va ikki oy ichida elchixonalar ochish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 2016-yil Saudiya Arabistonida shia ruhoniysining qatl etilishidan keyin buzilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring